O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi 32 mlrd dollarga baholanmoqda
O‘zLiDeP presc klubining navbatdagi sessiyasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida hozirgi kunda mamlakatda xufiyona iqtisodiyotning ulushi 40 foiz atrofida ekani ma’lum qilingan edi.
O‘zLiDeP presc klubining 28 sentabrdagi sessiyasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, OAV vakillari, olimlar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Eldor Niyozov soliq tizimida yashirin iqtisodiyotning ulushi haqida gapirarkan, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, qurilish sohasida yashirin iqtisodiyot ulushi yuqoriligicha qolayotganini ta’kidladi.
“Qurilish sohasida juda katta narsani ko‘rmayapmiz. 80-90 trln so‘m atrofida aylanma ko‘rsatilyapti. Shunchalikka bordiki, “Shaffof qurilish”ni joriy qilganimizga qaramay, yashirilayotgan miqdor katta. Bo‘lmasa shaffoflashtirib boryapmiz. Lekin shuning ichida ham ko‘rinmagan fakturalar, bajarilmagan ishlar, fakturani kamaytirib ko‘rsatish, qo‘lda kiritish holatlari bor. Xufiyona iqtisodiyotning 6-7 foizi qurilishda”, - dedi u.
Soliq organi vakilining ta’kidlashicha, markirovka tizimi joriy etilishi va ko‘pgina tovarlarning qamrab olinishi natijasida markirovka tizimi tahlillari boshlangan.
“Bunda yashirin iqtisodiyotning 6-7 foiz ulushi alkogol mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Uchta belgilab olingan soha – qurilish, qishloq xo‘jaligi va markirovkalangan tovarlar harakati yo‘nalishida ishlayapmiz”, - dedi Eldor Niyozov.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning ulushi 40 foiz bo‘lib, taxminan 32 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bu qiymat asosan, ko‘chmas mulk va transport vositalarining ikkilamchi bozorida, ulgurji va chakana savdo, xizmat ko‘rsatish, tamaki mahsulotlari kontrabandasi, noqonuniy tovarlar aylanmasi, qishloq xo‘jaligi va boshqalar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Qosimovga ko‘ra, bojxona organlarida yashirin iqtisodiyotning ulushi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar – tamaki va alkogol mahsulotlari, dori vositalari, elektrotexnika tovarlari zargarlik buyumlari, dori buyumlari va farmatsevtika mahsulotlaridir. Shuningdek, uyali aloqa vositalari ham yuqori ulushga ega.
Press klub davomida xufiyona iqtisodiyot mavjud bo‘lgan sohalar tahlil qilinib, ular bilan aniq manzilli kurashilishi lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida ko‘plab muammoli masalalar ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinib, xufiyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushini keskin qisqartirish, bu borada murosasizlik bilan choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:26 / 23.12.2024
Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
13:41 / 16.12.2024