O‘zbekiston | 09:30 / 05.10.2023
6339
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qaysi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmasligi ochiqlandi

Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Foto: Pixabay

O‘zbekistonda bir qator davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Ular quyidagilar:

tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tayotgan;

homilador ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar;

tibbiy xulosaga asosan o‘zlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila a’zolari sog‘lig‘ining holati rotatsiya o‘tkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.

Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi — uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati belgilanadi.

Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi shartlari mehnat shartnomasida nazarda tutiladi.

Mavzuga oid