Jamiyat | 20:38 / 05.10.2023
29609
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida to‘y korteji ishtirokchilari 10 sutkaga qamaldi 

Ular yo‘lda mashinani boshqarayotganda rulni qo‘yib yuborgan va salondan to‘liq chiqib olgan. 

Foto: Videodan kadr

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi to‘y kortejining ikki ishtirokchisini 10 sutkaga qamoqqa olish haqida hukm chiqardi. 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimiga ketayotgan haydovchilar mashina rulini qo‘yib yuborib, salondan chiqib olgani aks etgan video tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan aniqlanishicha, voqea 1 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. 

Sud qonunbuzarlarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan aybdor deb topgan va 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. 

Mavzuga oid