Jahon | 07:31 / 06.10.2023
23627
3 daqiqa o‘qiladi

«Bosh ko‘targanning boshini chopib tashlaymiz». Qirg‘iziston MXDQ rahbari Kolya Qirg‘izning jinoiy guruhini ogohlantirdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyev To‘qmoq shahrida davlat qo‘mitasi yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyat olami vakillariga navbatdagi murojaat bilan chiqdi. 

Foto: AP

U avvalroq turli to‘dalarni jinoyatga qarshi kurash haqida ogohlantirganini esladi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari bu kurash davom etishini ma’lum qildi. Murojaatida u Qamchi Qo‘lboyev atrofidagi odamlarni tilga oldi

«Men kriminal avtoritet qurshovida bo‘lganlarning barchasiga rasman ma’lum qilaman. Kimki qonunni buzishga, noqonuniy xatti-harakatlar qilishga urinsa, qonun doirasida jazolanadi. Qattiq jazolanadi. Agar bitta kriminal bosh ko‘tarsa ham, uning boshini kesib tashlaymiz. Men buni ochiq aytyapman. Shuning uchun yana bir bor eslatib o‘taman. Agar kriminal avtoritetga yaqin bo‘lgan shaxslardan kimdir qonunni buzishga urinsa, biz uni qonun doirasida qattiq jazoga tortamiz», - dedi Toshiyev. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident boshchiligidagi jamoa qat’iy harakat qiladi. 

«Muhtaram Sadir Nurg‘o‘jo‘yevich boshchiligidagi siyosiy jamoada mamlakatda qonun o‘rnatish, tartib o‘rnatish uchun barcha siyosiy iroda bor. Biz buni bajaramiz. Kimdir davlat qonunlariga bo‘ysunmasa, o‘z qonunlari, sxema va tartibini ishlab chiqsa, ular qonun doirasida jazolanadi», — dedi Toshiyev. 

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan «qonundagi o‘g‘ri» Qamchi Qo‘lboyevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazildi. Maxsus operatsiya davomida u yo‘q qilindi. Davlat qo‘mitasi Qamcha Qo‘lboyevga nisbatan bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Tekshiruvlardan biri qarama-qarshi jinoiy guruh boshlig‘i, Du-Chingiz laqabli Chingiz Jumagulovning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. 

5 oktyabr kuni kriminal avtoritet Qamchi Qo‘lboyev o‘zining vatani - Cho‘lpon-Otada dafn qilindi. 

Mavzuga oid