O‘zbekiston | 14:36 / 07.10.2023
9880
1 daqiqa o‘qiladi

Botanika bog‘ini istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘yilmaydi - Toshkent shahar hokimligi

Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmagan va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Avvalroq project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va ularni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.

Unga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘larini viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» tasarrufiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Portal loyihalarning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishni nazarda tutadi va faqat jamoatchilik tomonidan qabul qilingandan keyingina hujjat vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi va u kuchga kiradi.

Mavzuga oid