UYeFA Isroilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yinlarni noma’lum muddatga ko‘chirdi
UYeFA Yevro-2024 saralash bosqichining I guruhi 7-turidan o‘rin olgan Isroil va Shveytsariya o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
UYeFA 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining Isroilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘chirishga qaror qildi.
«Isroildagi mavjud vaziyat tufayli UYeFA kelgusi bir necha hafta ichida mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha o‘yinlarni kechiktirishga qaror qildi», - deyiladi UYeFA bayonotida.
UYeFA Yevro-2024 saralashining I guruhi 7-turidan o‘rin olgan Isroil va Shveytsariya o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi.
O‘yin 12 oktyabr kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
UYeFA shuningdek, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevro-2025 saralash turniri doirasida Isroil - Estoniya, Isroil - Germaniya o‘yinlarini ham qoldirdi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024