O‘zbekiston | 21:15 / 11.10.2023
7120
1 daqiqa o‘qiladi

Chekka va tog‘li hududlar uchun «Mirzo Ulug‘bek» onlayn maktabi tashkil etildi

Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi bilan hamkorlikda «Mirzo Ulug‘bek» onlayn maktabi tashkil etildi. 

Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablar. Mazkur maktablarda yuqori sinf o‘qivchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qo‘shimcha ta’lim oladi. 

Onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad chekka hududlar va tog‘li joylarda ta’lim sifatini oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratligi aytilmoqda. 

Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar bersa, Respublikaning boshqa tog‘li va chekka hududlaridagi ta’lim muassasalarida ham joriy etilishi mumkin.

Mavzuga oid