Iordaniya qiroli: Falastin huquqlari amalga oshmay turib, tinchlikka erishish mumkin emas
Falastin masalasi ikki davlat tamoyili asosida hal qilinishi kerak, deydi Abdulloh II.
Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish Falastin masalasini ikki davlat tamoyili asosida adolatli hal qilmasdan turib, amalga oshirilishi mumkin emas. Bu haqda Iordaniya qiroli Abdulloh II ma’lum qildi.
«Hozirda Falastin hududlarida sodir bo‘layotgan xavfli zo‘ravonlik va hujumlar mintaqamizdagi xavfsizlik va barqarorlikka faqat ikki davlatga asoslangan keng qamrovli va adolatli tinchlik orqali erishish mumkinligini isbotlaydi», dedi qirol mamlakat milliy assambleyasi (parlament)dagi nutqida.
U Iordaniya Falastinni qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirdi.
«Biz birodar Falastin xalqining adolatli ishini va manfaatlarini himoya qilishdan voz kechmaymiz. Iordaniya Quddusdagi musulmonlar va nasroniylarning muqaddas joylarini himoya qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasidan ortga chekinmaydi», — dedi Iordaniya qiroli.
Mavzuga oid
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
15:51 / 25.11.2024
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024