O‘zbekiston | 19:57 / 12.10.2023
9009
3 daqiqa o‘qiladi

Sentyabr oyida yengil avtomobillarga talab 20 foizga oshdi 

Biroq, elektromobillarga bo‘lgan talab yil davomida birinchi marta pasaydi. 

Sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha avtotransport vositalarining sotuvi avgust oyiga nisbatan 0,1 foizga pasayib, 148 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 20 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CER) xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 137 mingtani tashkil etib, bir oy davomida atigi 1foizga oshgan. Eng katta o‘sish Farg‘ona (19 foiz), Namangan (9 foiz) va Xorazm (5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Umuman olganda, yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 18 foizga oshgan. 2023 yil III chorak yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 26 foizga oshib, 404 mingtaga yetgan. 

Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi oy davomida 1,4 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga o‘sib, 10 mingdan ortiq yengil avtomobil sotilgan. Uch chorak yakunlari bo‘yicha eng sezilarli o‘sish yengil avtomobillar segmentida qayd etilib, sotuvlar hajmi 68,8 foizga oshgan. Oy davomida yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi 4,2 foizga o‘sgan va 33 mingdan oshgan. 

Markaz tahliliga ko‘ra, xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat, aksincha, pasayishni ko‘rsatmoqda: oy davomida savdo 16 foizga pasayib, 4,6 mingta avtomobilni tashkil etgan. 

Sentyabr oyida ikkilamchi bozorda o‘sish boshlangan. Haydalgan yengil avtomobillar savdosi bir oy oldingiga nisbatan 800 ta avtomobilga ko‘payib, 98 mingtadan oshgan. III chorak yakunlariga ko‘ra, ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 15,5 foizga oshgan. 

Sentyabr oyida yengil elektromobillar savdosi pasayib, 3,6 mingtani tashkil etgan, bu avvalgi oyga nisbatan 20 mingta avtomobilga kam. Ammo o‘tgan yilga nisbatan elektromobillar bozori 6 baravarga oshgan. Oy davomida eng kam elektromobil Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida sotilgan. III chorak yakunlariga ko‘ra, yengil elektromobillar savdosi deyarli 10 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 5 barobarga ko‘paygan. 

Elektromobillarning birlamchi bozori oy davomida 2 foizga kamaygan bo‘lsa, aksincha, sentabr oyida elektromobillarning ikkilamchi bozori 8,5 foizga oshgan.

Mavzuga oid