O‘zbekiston | 09:48 / 13.10.2023
19037
2 daqiqa o‘qiladi

SES raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisiga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Nurmat Otabekov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. 

U 2020 yildan beri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Botir Qurbonov

Botir Qurbonov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U 2020 yildan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining ilm-fan va innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Qobil Hayitov

Qobil Hayitov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi Buxgalteriya bo‘limi davlat soliq bosh inspektori bo‘lib ishlagan.

Mavzuga oid