Jahon | 15:05 / 16.10.2023
9451
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng shaffof va toza - Nelson moviy ko‘li haqida

Moviyrang ko‘l (maori tilida Rotomairwhenua) — Yangi Zelandiya Janubiy Alp tog‘laridagi Nelson ko‘llari milliy parkida joylashgan. Yangi Zelandiya suv va atmosfera tadqiqotlari milliy institutining 2011 yilda o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, Moviy ko‘l insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng shaffof, toza chuchuk suv manbasi hisoblanadi.

Foto: vsegda-pomnim.com

Ko‘lda ko‘rish masofasi 80 metrni tashkil qiladi, bu esa uning suvi distillangan suvniki bilan deyarli bir xil ekanini bildiradi.

Foto: vsegda-pomnim.com

Ko‘l haqida 1956 yilda, park ochilganidan so‘ng mahalliy qabila birinchi bo‘lib xabar topadi. Yerli aholi ko‘lni muqaddas deb biladi va suvga hech kim tushmasligini qattiq nazorat qilib boradi. Yagona istisno esa daniyalik ekolog hamda fotojurnalist Klaus Timmanga berilgan. U ko‘lni o‘rganish va tasvirga olishning eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritadi.

Foto: vsegda-pomnim.com

Moviy ko‘lga qo‘shni muz ko‘li Konstans suvlari kelib quyiladi. Suv ikki ko‘l o‘rtasida hosil bo‘lgan tabiiy ko‘chki qatlamlari orqali filtrlanib o‘tadi. Bu esa ko‘lning suvini tabiiy ravishda moviy rangga kirishini ta’minlaydi.

Foto: vsegda-pomnim.com

Janubiy orollarning shimoliy qismidagi Nelson milliy bog‘i dam olish va baliq ovlash uchun mashhur joylardan biriga aylangan. Ko‘lga borish uchun uchun esa milliy park chegarasidan ikki kun piyoda yurish kerak bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda kuzatuv maydonchalari ham bor. Bundan tashqari vertolyot buyurtma qilib, tabiat go‘zalligiga yuqoridan guvoh bo‘lish mumkin.

Foto: vsegda-pomnim.com

Ko‘lning dengiz sathidan balandligi — 1200 m. Moviy ko‘l suvi har doim sovuq, 5–8° C chegarasida bo‘ladi. 

Foto: vsegda-pomnim.com
Foto: vsegda-pomnim.com
Foto: vsegda-pomnim.com

Mavzuga oid