Belgiya - Shvetsiya o‘yini Bryuseldagi teraktda mehmonlarning ikki muxlisi o‘ldirilgani sabab to‘xtatildi
Belgiya va Shvetsiya milliy jamoalari terakt sabab Yevro-2024 saralashi doirasidagi o‘yinni yakunlashmadi.
Tanaffus vaqtida futbolchilar Bryusselda mehmon jamoaning ikki muxlisi otib o‘ldirilganidan xabar topishdi va ikkinchi bo‘limga tushmaslikka qaror qilishdi. Bahs to‘xtatilganda 1:1 hisobi qayd etilayotgandi.
Ikki kishi halok bo‘lganidan tashqari, yana bir kishi yaralangan. Hodisa IShID terrorchisi tomonidan sodir etilgan.
Het Laatste Nieuws nashriga ko‘ra, teraktni sodir etgan shaxs jinoyatdan so‘ng darhol ijtimoiy tarmoqlarda IShID a’zosi ekanligini ta’kidlagan videoni joylashtirgan va qilgan ishini musulmonlar uchun qasos deb atagan.
Avvalroq jinoyatchi ijtimoiy tarmoqda post e’lon qilib, 6 yoshli falastinlik bolaga AQShda 26 bor pichoq urib, o‘ldirilgani haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024