Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” III xalqaro forumi delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimida ishtirok etdi
Pekin shahridagi Xalq yig‘inlari uyida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin va rafiqasi tantanali kutib oldi.
Marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumatlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Birgalikda suratga tushildi.
Mehmonlarga teatrlashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.
Forumning asosiy tadbirlari bugun, 18 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:16
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024