Tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq jarimani qo‘llash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Aholi yashash punktlaridan tashqarida jarimani qo‘llash tartibi o‘zgardi.
Endi aholi yashash punktlaridan tashqarida tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq jarima transport vositasining turi va unga belgilangan yuqori cheklangan tezlikka qarab qo‘llaniladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Yo‘l harakati qoidalarining 79-bandida belgilanganidek, aholi punktlaridan tashqarida:
- yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
- shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;
- boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
- tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
Endi aholi yashash punktlaridan tashqarida tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq jarima transport vositasining turi va unga belgilangan yuqori cheklangan tezlikka qarab qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
16:12
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi
16:58 / 11.12.2024
Avtomobilning piyodalar yo‘lagida harakatlangani uchun javobgarlik belgilanadi
16:12 / 06.12.2024
Piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun yangi yo‘l belgisi joriy etiladi
12:14 / 11.10.2024