O‘zbekiston | 10:10 / 24.10.2023
3695
1 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy yo‘ldosh aloqa turlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda

Mahalliy yo‘ldosh aloqa tarmog‘ini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish uchun mavjud davlat bojlarini kamaytirish orqali mahalliy yo‘ldosh aloqa turlarini ko‘paytirish va ular faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyat yaratish nazarda tutilmoqda.

Foto: Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Ayrim qonun hujjatlariga olis hududlarda internet va aloqa qamrovini oshirish uchun sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasi bilan mahalliy yo‘ldosh aloqa tarmog‘ini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish uchun mavjud davlat bojlarini kamaytirish orqali mahalliy yo‘ldosh aloqa turlarini ko‘paytirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish nazarda tutilmoqda.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Mavzuga oid