“O‘g‘lining kelin bilan yolg‘iz qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan qaynonalar bor” - psixolog
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, er va xotin munosabatlariga uchinchi shaxslarning aralashuvi ajrimlarning eng ko‘p uchrayotgan sabablaridan biri hisoblanadi. Kun.uz'ning “Boricha” podkasti mehmoni bo‘lgan ruhshunoslar bu uchinchi shaxs ko‘p holatlarda qaynonalar bo‘layotgani haqida so‘z yuritdi.
Psixolog Shoira Isoqovaning aytishicha, kelin va qaynonaning kelishmovchiligi ulardagi jismoniy-gormonal holatlar bilan ham bog‘liq. Aksariyat qaynonalar o‘g‘lini uylantirayotganida o‘rta yosh inqirozi yoki klimaks davrini boshdan kechirayotgan bo‘ladi. Qiz esa yigirma yoshlar atrofida. Tabiiyki, ikki xil psixologiya to‘qnashuvi yuz beradi.
“Kelin – yosh, mutlaqo boshqa oila, boshqa qadriyatlar tizimidan bu xonadonga tushganda, klimaks davrini boshdan kechirayotgan qaynona uni o‘ziga o‘xshatishga harakat qiladi. Uni shundayligicha qabul qilish kerak. Kelin ota-onasidan tarbiyani olib, shaxs sifatida shakllanib bo‘lgan, nimagadir erishgan, nimagadir erisholmagan”, – deydi u.
Psixiatr Dilmurod Anvarov bu gormonal holatlar davrida qaynona o‘zi xohlab-xohlamagan holda kelinga nisbatan agressiv munosabatda bo‘lishi mumkinligini aytadi. Masalan, jahl bilan gapirish, ovoz toni o‘zgarishi kabi hollar ham oilaviy nizolarga sabab bo‘ladi.
“Shunday mijozlarimiz bo‘ladiki, o‘zlari bu noto‘g‘ri ekanini bilib turishadi, bundan qiynalishadi. Lekin qutulolmaydi. O‘g‘li bilan kelinni bitta xonada uxlagani qo‘yishmaydi. Rashk vasvasasi – bu kasallik hisoblanadi”, – deydi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2023 yilning 8 oyida qariyb 34 mingta oila ajrashib ketdi, bu oilalardagi 25 ming bola kundalik hayotini otasi yoki onasisiz davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
15:31 / 23.12.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan yosh oila O‘zbekistonga qaytarildi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:28 / 02.12.2024
Bolalikdagi qiyinchiliklar miyaning rivojlanishini sekinlashtiradi - tadqiqot
09:52 / 26.11.2024