Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirishda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi
Yapon ko‘ngillilari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan birgalikda Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekishi rejalashtirilgan.
«Yashil makon» umummilliy loyihada ishtirok etish uchun 30 nafar yaponiyalik ko‘ngillilar O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Yaponiyalik ko‘ngillilarning safari mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi. Tashrif davomida yapon ko‘ngillilari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan birgalikda Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekishi rejalashtirilgan.
OISCA (The Organization for Industrial, Spiritual and Cultural Advancement) nodavlat xalqaro tashkilot bo‘lib, 1961 yilda Tokio shahrida tashkil etilgan.
Ushbu tashkilot 2015 yildan buyon atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirib kelyapti. Xususan, OISCA tomonidan 2022 yildan boshlab 10 yil davomida Orol dengizining qurigan hududining 40 ming gektar maydonini ko‘kalamzorlashtirish loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda.
Mavzuga oid
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
15:00 / 23.12.2024
Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
18:22 / 22.12.2024