O‘zbekiston | 18:55 / 25.10.2023
9868
5 daqiqa o‘qiladi

Har kun sof o‘zbek tilidan foydalansak, shuning o‘zi katta bayram: Korzinka davlat tili kunini qanday o‘tkazdi?

Foto: korzinkauz

O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i hisoblangan Korzinka 21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunda mehmonlar va xodimlari orasida o‘ziga xos savol-javoblar o‘tkazdi. So‘rovnomani o‘zbek tilida ko‘pchilik uchun qiziqarli kontent tayyorlab keluvchi tarixshunos, san’atshunos bloger, tarmoqlarda “Susambil” sahifa va kanallari muallifi sifatida taniqli Nodir Nishonov olib bordi.

Korzinka mehmonlari o‘zbek tilining hayotdagi ahamiyati, yurtimizga kelishidan avval yoki kelganidan so‘ng qunt bilan o‘rganayotgan boshqa millatlar vakillarining munosabatidan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilishi, O‘zbekistonda yashovchi boshqa xalqlarning ham muloqot qilishga samimiy, chin e’tibor qaratishi ularga nisbatan hurmatining ming chandon oshishi va Korzinka supermarketlaridagi ma’lumot taxtachalari, narxnomalarning ham davlat tilida ekani haqida so‘zlagan.

Bayram savol-javoblari videosida bloger “Korzinka” so‘zining o‘zi ham o‘zbek tili izohli lug‘atidan joy olgani haqida eslatib o‘tadi. Kompaniya nomi bo‘yicha yurtdoshlarimiz tomonidan tez-tez savollar beriladi, ularga tarmoq rasmiy sahifalarida javoblar hamda biznes, marketing bo‘yicha turli tadbirlarda ham rahbariyat vakillari tomonidan to‘liq izoh taqdim etib kelinishini alohida ta’kidlash joiz — o‘zbek tili lug‘at boyligi ikki: ichki (shevalar, so‘z yasash orqali) va tashqi (xorijiy tillardan so‘z olish, o‘zlashtirish) asosida boyiydi.

“Korzinka” so‘zi ham o‘tgan asr o‘rtalaridan mahalliy aholi tilida o‘rnashganligi sababli u o‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan. So‘nggi o‘n yillikda bu so‘zdan ko‘pincha “supermarket” so‘zining ma’nodoshi sifatida ham foydalanib kelinayotgani Korzinka supermarketlar tarmog‘iga o‘ziga xos g‘urur beradi va o‘zbek tilida faol muloqot olib borishi uchun mas’uliyat ham yuklaydi.

Kompaniya rebrendingidan avval va keyin, o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor karrasiga oshdi:

● avvalgi hisoblash tizimida mahsulotlarning nomi rus tilida chiqarilgan bo‘lsa, bosqichma-bosqich ravishda u o‘zbek tiliga almashtirildi — tarjimonlar guruhi tomonidan 20 000 dan ziyod tovarlar nomi, toifalari, xususiyatlari o‘zbek tiliga o‘girildi,

● supermarketlardagi ko‘rsatkichlar, ma’lumot taxtalari, ko‘chalarda Korzinka bilan bog‘liq reklama va kommunikatsiya e’lonlari asosan o‘zbek tilida yozila boshladi,

● Asaxiy.uz nashriyoti bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitoblar supermarketning o‘quv uchun zarur tovarlar bo‘limidan joy olib kelyapti,

● Korzinka ilovasi, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida (quyida ilovani yuklab olish, barcha rasmiy va ishonchli sahifalarga havolalar ro‘yxati ham keltirib o‘tilgan) ham o‘zbek tilida yuritiladi, ushbu platformalarda o‘zbek tilida takliflar yozish, izohlar qoldirish, savollar yuborish va tezda javoblar olish mumkin.

Kompaniya faqatgina shu bilan cheklanmoqchi emas, balki o‘zbek tilini kengroq yoyishda odatdagidan faol tashabbuslarni taqdim etishda davom etadi. Vaholanki, til bayrami bu bir kunlik ramziy sana emas, balki har kun unga e’tiborni kuchaytirishimiz zarurligini eslatib turadigan marra hisoblanadi.

Korzinka sizni dunyo bo‘yicha 50 milliondan ziyod aholi so‘zlashuvchi til — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, bayram bilan yana bir bor qutlaydi va yurtimizda til rivojiga jo‘shqin hissa qo‘shishni to‘xtatmaydi.

Qo‘lingizda bonuslaringiz nazorati, bank kartalaringiz va Korzinkadan so‘nggi xabarlar – barchasi bir ilovada! Supermarketlar tarmog‘iga oid so‘nggi yangiliklar, aksiya va yutuqli o‘yinlar haqida uning rasmiy sahifalari orqali xabardor bo‘lib borishingiz mumkin.

Ilovani bu yerdan yuklab oling – krzn.uz/app

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: @korzinkauz

O‘zbek tilidagi Telegram-kanal: t.me/korzinkauzb

Rus tilidagi Telegram-kanal: t.me/korzinkauz

Reklama

Mavzuga oid