Jahon | 22:42 / 26.10.2023
7393
2 daqiqa o‘qiladi

Mask X platformasida yangi funksiya haqida e’lon qildi 

Maskning aytishicha, endi X (sobiq Twitter) audio va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasiga ega. 

Foto: Getty Images

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask endi foydalanuvchilar audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkinligini e’lon qildi. 

Mask video va audioqo‘ng‘iroqlarning dastlabki versiyasi foydalanuvchilar uchun paydo bo‘lganini ta’kidladi. Shu tariqa u yangi funksiyani qanday yoqish haqidagi savolga javob qaytardi. 

Qayd etilishicha, funksiya hozircha faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud. Aniqlik kiritilishicha, ushbu parametr avtomatik tarzda yoqiladi. Foydalanuvchilar o‘zi obuna bo‘lgan akkaunt egalaridan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 

Avvalroq, Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini barcha foydalanuvchilar uchun pullik qilmoqchi ekanini aytgan edi. 

«Kichik miqdordagi oylik to‘lovga o‘tishimizning eng katta sababi shundaki, bu botlarning katta armiyasiga qarshi kurashishning yagona yo‘li», dedi milliarder. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, botlardan foydalanishning arzonligi sababli ularga qarshi kurashda pullik obuna joriy qilish juda muhim. 

Bundan ham oldinroq, Mask ijtimoiy tarmoqda verifikatsiyani anglatuvchi ko‘k belgini olish uchun oyiga 8 dollar turadigan pullik obunani joriy etgan edi. Ammo bu Mask umid qilgan mablag‘larning barqaror oqimini ta’minlamadi. Pullik tasdiqlash belgisi joriy etilganidan keyin uch oy ichida Twitter atigi 11 million dollar daromad oldi.

Mavzuga oid