O‘zbekiston | 11:29 / 26.10.2023
7716
1 daqiqa o‘qiladi

Samanta Pauer Toshkent shahridagi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi 5-maktabga tashrif buyurdi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Samanta Pauer ingliz tili darsida qatnashib, yangi metodikalar hamda USAID ko‘magida yaratilgan yangi avlod ingliz tili darsliklaridan o‘quvchilarning olgan taassurotlari bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan suhbat jarayonida ularning qiziqishlari va kelajakda o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan kasblari haqida suhbatlashdi.

Tashrif yakunida Samanta Pauer kelgusida ham USAID tomonidan O‘zbekistonda ta’lim islohotlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti 23 oktyabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Mavzuga oid