2022 yilda O‘zbekistonda nafaqa olganlarning 5,6 foizi o‘ziga to‘q oilalar bo‘lgani aniqlandi
2022 yilda jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1 foizi kam ta’minlangan deb topilgan, ammo haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lmagan oilalar (shaxslar) bo‘lgan.
O‘zbekistonda 2022 yilda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida nafaqa olganlarning 5,6 foizi o‘ziga to‘q va 12,5 foizi o‘rta ahvoldagi oilalardir. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Umida Zokirova ma’lum qildi.
Bildirilishicha, shundan kelib chiqib 2022 yilda jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1 foizi kam ta’minlangan deb topilgan, ammo haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lmagan oilalar (shaxslar) bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, oilaning iqtisodiy ahvoli avtomatik ravishda vazirlik va idoralardan olinadigan elektron ma’lumotlarga muvofiq har oyda monitoring qilib boriladi hamda iqtisodiy holati yaxshilangan oilalarga nafaqalarni to‘xtatish amaliyoti joriy etilmoqda.
Loyiha davlat tomonidan berilayotgan nafaqalarni adolatlilik tamoyili bilan taqsimlanishi, miqdori ko‘tarilishi va ushbu toifaga kirmaydigan fuqarolarni vijdonsiz xatti-harakatlarini oldini olish hamda jamiyatda norozilik holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024