Farg‘ona viloyatida noqonuniy mayning fermasi davlatga 12 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
Sobiq parrandachilik korxonasi binosida 31 ta mayning qurilma elektr hisoblagichsiz tarmoqqa ulangan.
Farg‘ona viloyatida davlat manfaatlariga 12 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Qo‘qon shahrida joylashgan, hozirgi kunda faoliyatini to‘xtatgan parrandachilik korxonasi binosida 31 ta mayning qurilma elektr hisoblagichsiz tarmoqqa ulangani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 12 mlrd so‘mdan ortiq (2 mln 794 ming kVt⋅soat) zarar yetkazilgani aytilmoqda.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Avvalroq, Navoiy viloyatining Karmana tumanida noqonuniy mayning fermasi davlatga 24 milliard so‘m zarar yetkazgani, Qiziltepa tumanida noqonuniy mayning fermasi davlat manfaatlariga qariyb 10 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan edi.
Mavzuga oid
21:38 / 26.12.2024
2024 yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
07:37 / 24.12.2024
Aholini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024