O‘zbekiston | 09:20 / 30.10.2023
3403
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Orol dengizi mintaqasida joylashgan aholi punktlariga yordam ajratishi mumkin

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Butunjahon islom uyushmasi mintaqaviy direktori bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. 

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni poytaxtida Butunjahon islom uyushmasi mintaqaviy direktori Abdulloh bin Rahmatulloh bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuv davomida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi hamda Orol dengizi mintaqasida joylashgan aholi punktlariga Saudiya Arabistonining humanitar va moliyaviy-texnik yordamini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida mamlakatda barpo etilgan Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy texnikalar, shifoxonalarni tibbiy jihozlar bilan ta’minlash hamda Orol dengizi mintaqasi aholisi uchun beg‘araz moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj fuqarolarga bepul yurak, suyak va ko‘z jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Butunjahon islom uyushmasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etish, saudiyalik jarrohlar guruhini O‘zbekistonga yuborish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi shifoxonalarga zamonaviy tibbiyot uskunalarni beg‘araz yetkazib berish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid