O‘zbekiston | 13:45 / 31.10.2023
5749
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 9 oyda YTHlar oqibatida 566 nafar piyoda tan jarohatlari oldi

Hodisalarning aksariyati piyodalar uchun belgilanmagan joylardan va svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tish paytida sodir bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi.

"Manzillarga xavfsiz yetib borish har birimizdan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni talab etadi. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan piyodalar harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga qaramasdan, yo‘llarda hanuzgacha og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari sodir etilmoqda", deyiladi murojaatda.

Bildirilishicha, 2023 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahrida 539 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, shularda 566 nafar piyoda turli tan jarohatlari olgan. 

Ta’kidlanishicha, ularning aksariyati piyodalar uchun belgilanmagan joylardan va svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tish paytida sodir bo‘lgan. 

"Aziz ota-onalar, voyaga yetmagan farzandlaringiz yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishi kerakligini unutmang. Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, Sizlarni hushyorlikka chaqiramiz! Iltimos, yo‘llarda harakatlanish vaqtida o‘zingiz va o‘zgalarning xavfsizligiga befarq bo‘lmang!" - deydi Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshlig‘i. 

Mavzuga oid