O‘zbekiston | 07:52 / 01.11.2023
22728
5 daqiqa o‘qiladi

16 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi ayrim soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Aydos Iskenderovich Seitov Chimboy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yil Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Askar Kochkarovich Eshmuratov Qonliko‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1968 yil Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘ng‘irot tumani soliq inspeksiyasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jahongir Bazarbayevich Rahimov Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yil Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shamshet Berdibayevich G‘aniyev Kegeyli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1975 yil Nukus shahrida tug‘ilgan. Bunga qadar Taxiatosh tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toshkent shahri

Jamshid Ashurovich Ergashov Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1981 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent shahar soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Andijon viloyati

Mansurjon Shuhratovich To‘xtaoxunov Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Azizbek Avazbekovich Sobirov Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Andijon viloyati soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Namangan viloyati

Asqarjon Rahimmirzayevich Xolmatov Kosonsoy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1972 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Sayyorbek Qobuljonovich Normatov Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tursunov Doniyor Abloyor o‘g‘li Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Norin tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Sirdaryo viloyati

Anvar Isroilovich Usmonov Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1969 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Oybek O‘ktamovich Ikromov Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Surxondaryo viloyati

Baxtiyor Ziyodullayevich Turdiyev Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shamsiddin Hisomiddinovich Qosimov Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Toshkent viloyati

Sherzod Boymamatovich Hazratov Bo‘ka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yuqori Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ikrom Tojiboyevich Musayev Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1973 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Mavzuga oid