O‘zbekiston | 08:40 / 02.11.2023
2623
3 daqiqa o‘qiladi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi e’lon qilindi
Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan, shuningdek tegishli mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.
Yoshlar siyosati va sport vazirining “Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan quyidagilar belgilab o‘tilmoqda:
- stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan, shuningdek nizom ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanishi;
- stipendiyaga nomzodlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda stipendiya tayinlashni Stipendiya komissiyasi amalga oshirishi;
- Stipendiya komissiyasining stipendiyaga nomzodlar ma’lumotlarini ko‘rib chiqish va stipendiyaga nomzodlarning ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha asosiy vazifalari;
- Stipendiya komissiyasi majlislari har chorakda kamida ikki marta o‘tkazilishi, Stipendiya komissiyasi majlislariga rais boshchilik qilishi, majlislarda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan kollegial qarorlar qabul qilinishi;
- Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari tomonidan stipendiyaga nomzodlarning ro‘yxati Stipendiya komissiyasiga taqdim qilinishi;
- mas’ul ijrochilar stipendiyaga nomzodlar ro‘yxati bilan birgalikda Stipendiya komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun sportchilarning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi;
- Stipendiya komissiyasi mas’ul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni 10 kun ichida ko‘rib chiqib, stipendiyaga tavsiya qilingan sportchilar ro‘yxatini shakllantirishi hamda umumiy ovoz berish yo‘li bilan stipendiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi;
- O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobiga stipendiya uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmi tegishli yil uchun vazirlikning xarajatlari smetasida nazarda tutilishi;
- vazirlik Stipendiya komissiyasining stipendiya tayinlash haqidagi qarori asosida mas’ul ijrochilarning tijorat banklaridagi asosiy hisobvarag‘lariga mablag‘larni o‘tkazib berishi;
- Stipendiyani to‘lash mas’ul ijrochilarning xizmat ko‘rsatuvchi bankida ochilgan sportchilarning shaxsiy plastik kartochkalariga yoki depozit hisobraqamlariga moliyaviy mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan mas’ul ijrochilar tomonidan amalga oshirilishi;
- Stipendiya komissiyasining stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan oydan boshlab sportchiga stipendiya hisoblanishi va to‘lab borilishi, stipendiya sportchi tomonidan belgilangan mezonlar bajarilgan muddatdan keyingi natijaga erishgunga qadar belgilanishi;
- sportchi jamoalar asosiy yoki zaxira tarkibidan chiqarilgan taqdirdagina Stipendiya komissiya qarori bilan sportchiga stipendiya to‘lash to‘xtatilishi;
- stipendiyani to‘lash sportchi terma jamoa tarkibidan chiqarilgan oyning oxirgi sanasidan to‘xtatilishi.
Mavzuga oid
15:24 / 04.12.2024
Sport odamlar umrini besh yilga uzaytirishi mumkin - tadqiqot
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024