O‘zbekiston | 08:33 / 03.11.2023
15209
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ajrashganlarning o‘rtacha yoshi ma’lum qilindi

Yanvar-sentabr oralig‘ida ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklarda 37, ayollarda 32,9 ni tashkil etdi. Ajrashgan oilalarning yarmidan ko‘pida farzand bo‘lmagan.

O‘zbekistonda nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida erkaklar uchun 37 yoshni, ayollar uchun 32,9 ni tashkil etdi

Statistika agentligiga ko‘ra, bu davr davomida jami 184 ming 461 ta nikoh qayd etilgan. Ajrashishlar soni 37 654 tani tashkil etgan. Nikohlanganlarning o‘rtacha yoshi ayollarda 22,5 yosh, erkaklarda esa 27,3 yosh bo‘lgan. Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan (jami nikohlarning 74,6 foizi).

2023 yil yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 37,7 ming birlikni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 17,7 mingtaga ko‘paygani kuzatildi.

Farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 19 ming 94 tani tashkil etgan. Bu jami ajrashganlarning 50,7 foiziga to‘g‘ri keladi. 27,2 foiz holatda 1 nafar farzand bilan, 22,1 foiz holatda 2 va undan ortiq farzand bilan ajralish qayd etilgan.

Mavzuga oid