O‘zbekistonda 1,2 millionta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirildi
O‘zbekistonda 1 million 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament tasdiqlangan.
Yil yakuniga qadar respublikada 127 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida”gi konvensiya sini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida konvensiyani ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
15:31 / 23.12.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan yosh oila O‘zbekistonga qaytarildi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:28 / 02.12.2024
Bolalikdagi qiyinchiliklar miyaning rivojlanishini sekinlashtiradi - tadqiqot
09:52 / 26.11.2024