O‘zbekiston | 10:55 / 09.11.2023
5030
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbat avvalida Turkmaniston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi batafsil ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va chuqurlashgan strategik sheriklik izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini qayd etdi.

Savdo, sanoat, energetika, suv xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengaymoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalar faol. Joriy yil oktabr oyida Turkmaniston va O‘zbekiston madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ikki mamlakat prezidentlari mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid