O‘zbekiston | 10:36 / 11.11.2023
25962
1 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahriga yangi hokim tayinlandi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Bunyod Rajabov Urganch hokimi bo‘ldi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm viloyati Urganch shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bunyod Madrimovich Rajabov xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

B.Rajabov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Bundan oldin 2020 yil dekabridan buyon Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Oybek Madaminovich Xolboyev xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida mazkur tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.

Shuningdek, Qo‘shko‘pir va Tuproqqal’a tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshladi. 

Mavzuga oid