O‘zbekiston | 17:00 / 13.11.2023
6943
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan cho‘llanish muammosini muhokama qildi

Ekologik kun tartibi, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni izchil davom ettirish, oqibatlarni yumshatish bo‘yicha qo‘shma harakatlar va choralarni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi.

Foto: Senat axborot xizmati

Senat raisi Tanzila Norboyeva Samarqand shahrida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-sessiyasi doirasida BMT bosh kotibi o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ko‘lami global tarzda kengayib borayotgan cho‘llanish va yer degradatsiyasi, chang bo‘ronlarining oldini olish, bioxilma-xillikni saqlab qolish yo‘nalishida BMT ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ibrohim Tiau O‘zbekistonning yashillik olamini qayta tiklash borasidagi tashabbuslari, erishayotgan yutuqlari jiddiy ekanini, yerlar degradatsiyasining oldini olish, yerning qayta tiklanishi bo‘yicha mamlakat keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirgan holda yetakchi davlatlar qatoriga kirgani, olib borgan amaliy harakatlari bilan barchaga namuna bo‘la olganini e’tirof etdi.

Mavzuga oid