Toshkentga gepatitga qarshi dorilarning navbatdagi partiyasi yetib keldi
C gepatitiga qarshi preparatning navbatdagi, 18-partiyasi 5600 o‘ramda Misrdan Toshkentga yetib keldi.
Dori vositalari mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga yuborilgan. Ulardan mazkur tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar bepul foydalanadi.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga hozirgacha yetkazib berilgan 800 ming dona ushbu dori vositasi 133 ming bemorning davolanishiga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.
Mazkur gumanitar aksiya O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Gumanitar yordam gepatit bilan kasallangan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat hisobidan davolashga yordam beradi.
Mavzuga oid
17:46
Misrdan gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
22:48 / 03.12.2024