O‘zbekiston | 11:02 / 14.11.2023
10333
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi.

Foto: uza.uz

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirilgan.

Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi A.R. qo‘lga olindi.

U noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgani aytiladi.

Mavzuga oid