Rossiyada rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolariga ba’zi kasblarda ishlashni taqiqlash taklif etildi
Ularga mijozlar bilan muloqot qilishni nazarda tutuvchi kasblarda, jumladan, taksi haydovchisi, sotuvchi va kuryyer sifatida ishlashni taqiqlanishi mumkin.
Rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolari mijozlar bilan muloqot qilishni nazarda tutuvchi kasblarda, jumladan, taksi haydovchisi, sotuvchi va kuryyer bo‘lib ishlamasligi kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Federatsiya Kengashidagi parlament eshituvlarida aytib o‘tdi.
«Agar rus tili sizning davlat tilingiz bo‘lmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari jamoat joylarida ishlamasligi kerak: haydovchi, sotuvchi va ayniqsa Yandex kurerlari sifatida. Bunday mas’uliyatli ish ular uchun emas», dedi Tolstoy.
Davlat dumasi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda «farzandlarini Rossiya elchixonalari qoshidagi rus maktablariga berishni xohlaydigan mahalliy aholi ko‘p, ammo qonun bunga ruxsat bermaydi. «Biz buni o‘zgartirishimiz kerak», — deydi Pyotr Tolstoy.
Keyinroq u «rus tili barcha sobiq ittifoq respublikalari hududida millatlararo muloqot tili bo‘lishi kerak»ligini aytib navbatdagi bayonotini berdi.
«Afsuski, bugungi kunda Rossiya muhojirlarga nisbatan passiv pozitsiyada. Biz sobiq sovet respublikalaridan fuqarolarni qabul qilamiz — ular qurilish sohasida xorijiy mutaxassislar sifatida kelishadi. Bir hafta o‘tgach, yuqori texnologiyali Yandex kompaniyasining logistika va kurerlik xizmatlari sohasida ajralmas xodim bo‘lib ishga olinadi: so‘ng oilalarini olib kelishadi — bolalari rus maktablariga boradi. Va hammasi yaxshidek, lekin… Bu jarayon „rus tili imtihoni“ deb nomlanuvchi profanatsiya fonida sodir bo‘ladi. Undan o‘tgan yuqori malakali mutaxassislar, aslida, rus tilini bilishmaydi. Va bu xuddi shu huquqbuzarliklar sodir etilganda aniq bo‘ladi — migrantlar birinchi navbatda tarjimonni talab qiladi, chunki «ular rus tilini tushunmaydi», — deydi deputat.
U «bu muammoni tizimli ravishda hal qilish»ga chaqirgan.
«Sobiq SSSR mamlakatlarida rus maktablari tizimini rivojlantirish muhimdir. Bugungi kunda rus tili millatlararo muloqot tili sifatida faqat Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qo‘llanadi. Ammo Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa davlatlarda-chi, yo‘q. U yerda rus-tuzem maktablarini qurish, 90-yillarda „o‘ldirilgan“ sovet integratsiya tizimini rivojlantirishni bizning hisobimizdan emas, yuqorida qayd etilgan davlatlarning fuqarolari Rossiyada ishlab topib, vataniga yuboradigan daromadlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirishini taklif qilaman», — degan u.
Ma’lumot uchun, Rossiyadan tashqari, rus tili Belarusda, shuningdek, tan olinmagan Janubiy Osetiya va Dnestrbo‘yi respublikalarida davlat tili maqomiga ega. Qirg‘izistonda rus tili ma’lum cheklovlar bilan rasmiy maqomga ega, tan olinmagan Abxaziyada ham vaziyat xuddi shunday.
Mavzuga oid
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:48 / 20.12.2024
Rossiyadagi migrantlarning farzandlari uchun rus tili testi bepul bo‘ladi
17:51 / 10.12.2024
Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi
11:08 / 10.12.2024