O‘zbekiston va Qirg‘iziston Tokioga qo‘shma aviareys ochishni rejalashtirmoqda
Farg‘ona vodiysiga qirg‘izistonlik sayyohlar oqimini 200 ming kishiga oshirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston turizm idoralari bir necha yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Economist.kg.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi rahbari birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Qirg‘iziston Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi prezidenti Abilqosim Sherniyozov bilan uchrashdi. Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Asosiy mavzulardan biri Tokio – Toshkent – Bishkek qo‘shma aviareyslarini yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Biroq, bu yo‘nalishdagi rejalar tafsilotlari keltirilmagan.
Bundan tashqari, avval xabar qilinganidek, tomonlar O‘shdan ikki davlat chegarasigacha qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilgan. O‘zbekiston Qirg‘izistonga avtobuslarni ijaraga berishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Novkent tumanidagi «Madaniyat» chegara punktini obodonlashtirish masalasi ham ko‘tarildi. Tomonlar sayyohlarni ro‘yxatga olish muddatini paritet asosda uzaytirish masalasini ko‘rib chiqdi.
Bungacha Qirg‘iziston turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Farg‘ona vodiysi hududlarida bo‘ldi. Farg‘ona va O‘sh viloyatlari o‘rtasida sayyohlarni jalb etish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajriba almashish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Namangan viloyatidagi korxonalar bilan yana bir qancha shartnomalar imzolandi. Ular tufayli 2024 yilda qo‘shimcha 200 ming qirg‘izistonlik sayyohni jalb etish kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024