Qanday muassasalar qurolga egalik qilish ruxsatnomasi uchun tibbiy xulosa berishi ma’lum bo‘ldi
Tibbiy tekshiruv kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda o‘tkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan davlat sog‘liqni saqlash organlarining qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshirishga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalari ro‘yxati, tibbiy tekshiruvni o‘tkazganlik uchun tarifning miqdori va tibbiy tekshiruv natijalariga doir xulosa shakli tasdiqlandi.
“Qurol to‘g‘risida”gi qonun 13-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari va maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar xodimlari ichki ishlar organlari yo‘llanmalari bo‘yicha davlat sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak.
To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Tibbiy tekshiruv kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda o‘tkaziladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 10 noyabrdan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
08:32 / 11.12.2024
Zelenskiy Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi qurollar haqida gapirdi
07:55 / 02.12.2024
SIPRI: Butun dunyoda, ayniqsa Rossiyada qurol savdosi oshib bormoqda
11:37 / 15.11.2024