Xitoyda eng tezkor internet ishga tushirildi
Ma’lumot uzatish tezligi Qo‘shma Shtatlardagi shunga o‘xshash loyihalardan o‘n baravar ko‘pligi ta’kidlanmoqda.
Xitoyda ma’lumotlar uzatish tezligi sekundiga 1,2 terabit bo‘lgan dunyodagi eng tezkor optik tolali internet kabelidan foydalanish boshlandi. Bu bir soniyada 150 ta HD filmini uzatishga teng. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Loyiha Singhua universiteti va aloqa operatorlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasi ekani aytilmoqda.
Uzunligi 3 ming km bo‘lgan kabel Pekin, Uhan va Guanchjouni bog‘ladi. U joriy yilning iyul oyida tarmoqqa ulangan. Sinovlar tugagach, to‘liq ishlay boshlagan.
Ma’lumot uzatish tezligi Qo‘shma Shtatlardagi shunga o‘xshash loyihalardan o‘n baravar ko‘pligi ta’kidlanmoqda. Olimlar bunday texnologiyalar 2025 yildan keyin paydo bo‘lishini kutishgan edi.
Ushbu loyiha Xitoyda Cernet nomli ta’lim va ilmiy markazlar o‘rtasida yuqori tezlikdagi internet aloqa tizimini yaratish doirasida amalga oshirildi. Barcha dasturiy ta’minot va uskunalar Xitoyda ishlab chiqarilgan, bu uning mustaqilligini oshiradi.
Mavzuga oid
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024
Xitoyda 2027 yil oxiriga borib 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar ulushi 85 foizga yetkaziladi
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024