O‘zbekiston | 22:22 / 16.11.2023
44544
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: prezidentga harbiy dronlar ko‘rsatildi, ular orasida Bayraktar ham bor

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda harbiy qismga tashrif buyurdi.  

Xitoyning Wing Loong droni. Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. 

Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirdi. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi. 

Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Davlat rahbariga Turkiyaning Bayraktar TB2 razvedka-zarba droni parvozi namoyish etildi.

Bayraktar TB2 razvedka-zarba droni
Xitoyning Wing Loong droni

Mavzuga oid