O‘zbekiston | 10:00 / 23.11.2023
8449
4 daqiqa o‘qiladi

Chery kompaniyalar guruhi birinchi marta 200 000 dan ortiq avtomobil sotdi!

Foto: Chery

Oktyabr oyida Chery Group 200 313 ta avtomobil sotdi, ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,8% ga o‘sdi va avtomobil sotuvi bir oy ichida birinchi marta 200 000 dan oshib, yangi rekord o‘rnatdi. So‘nggi to‘rt oy ichida Chery Group doimiy ravishda oyiga 150 000, 170 000, 190 000 va hozirda 200 000 ta avtomobil sotish darajasidan oshdi. Yanvar-oktyabr oylarida Chery Group sotuvi 1 453 550 ta avtomobilni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 41,6 foizga o‘sish demakdir.

CPCA (Xitoy yo‘lovchi avtomobillari assotsiatsiyasi) ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda yengil avtomobillarning chakana savdosi oktyabr oyida taxminan 2,02 million donani tashkil etgan, ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga o‘sgan. Shuningdek, Chery Group kompaniyasining turli markadagi yengil avtomobillari savdosi 50 foizdan oshdi va tarmoq ko‘rsatkichlaridan besh baravardan ortib, «yugurish tezligi»ga erishdi.

Xususan, oktyabr oyida Chery brendi 140 360 dona avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 50,3 foizga ko‘p degani; yanvardan oktyabrgacha sotilgan avtomobillar 1 049 734 tani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 35,8% ga o‘sish degandiri, shu bilan birga, bu mavsumda Chery brendi birinchi marta million birlik belgisidan oshdi. Tiggo 8 va Tiggo 7 oylik sotuvlari mos ravishda 22 987 va 26 224 dona bo‘lib, shu guruh savdosi o‘sishiga turtki bo‘ldi.

To‘plangan texnik kuch Cheryʼning savdosi o‘sishi foydasiga kuchli dalil bo‘lib, shuningdek, Chery uchun 20 yil ketma-ket yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallashi uchun muhim omildir.

Hozirda Chery Kunpeng Power va Lion Intelligence kabi bir qator muhim tarmoqlarda ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirgan. Ilg‘or texnologiyalarning kafolatlari Cheryʼga tashqi bozorga ishonch bilan kirishga, mahsulot sifatini mustahkamlash uchun texnologiyadan foydalanishga va Xitoy avtomobil brendlari orasida «xorijiy yetakchi» bayrog‘ini olib yurishga imkon berdi.

Chery jadal rivojlanib borish jarayonida nafaqat ko‘proq iqtisodiy foyda, balki yanada ko‘proq ijtimoiy majburiyatlarni oladi.

Chery butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Xitoy, Meksika, Janubiy Afrika va Turkiyada bolalar ta’limi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun UNICEFʼga (Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi) 6 million dollar xayriya qildi. Chery, shuningdek, IUCN (Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, bu orqali kompaniya atrof-muhit balansini himoya qilishni birgalikda qo‘llab-quvvatlaydi va mas’uliyat va sevgi bilan umid bag‘ishlaydi.

Joriy yilning to‘rtinchi choragida Chery chet el bozorlarida Tiggo 8 va Tiggo 7 modellarini sotishni rag‘batlantirishni davom ettiradi, shu bilan birga yangi energiya mahsulotlarini joriy etishni kuchaytiradi, bu esa guruhning doimiy tez o‘sishiga erishishga qaratilgan rivojlanish strategiyasiga mos keladi.

ADM Global Chery brendining O‘zbekistondagi distribyutori hisoblanadi. Ayni paytda respublika bo‘ylab 13 ta dilerlik markazlari rasman faoliyat ko‘rsatmoqda.

Telegram bot yoki quyidagi telefon raqami orqali bepul test drayv uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: (+998) 71−276−55−55.

Chery Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram bot | YouTube

Reklama xuquqi asosida

Mavzuga oid