O‘zbekiston | 09:47 / 26.11.2023
8933
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda salkam 160 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan kompyuter klubi aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Namangan shahrida joylashgan kompyuter o‘yinlari markazida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Namangan hududiy filiali xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqaro A.Y. «Haqiqat» MFY hududidagi kompyuter o‘yinlari markazi binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulab, jami 158,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namanganda yarim milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan edi. MChJ mas’ullari tomonidan elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulangan holda foydalanib kelinishi natijasida 422 million 897 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Mavzuga oid