Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari mamlakatni fohishaxonalardan tozalashni buyurdi
Qamchibek Tashiyev buning uchun huquq-tartibot idoralariga 24 soat muxlat berdi.
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari Qamchibek Tashiyev 30 noyabr kuni huquq-tartibot idoralaridan intim xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni 1 dekabrga qadar yopishni talab qildi.
Bu haqda u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Baliqchi shahridagi navbatdagi xizmat binosi ochilishi marosimida aytib o‘tdi.
Tashiyev fohishaxonalar faoliyatini davom ettirayotganini bilsa, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining mahalliy bo‘limlari rahbarlari va huquq-tartibot idoralari xodimlarini ishdan bo‘shatishini va’da qildi.
Tashiyev, shuningdek, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ustuvor vazifalari korrupsiyaga qarshi kurashish ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
Avvalroq, Tashiyev Qirg‘izistonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash davom ettirilishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
18:02
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024