AQShdagi ommaviy qotilliklar: 2023 yil eng qonli yil bo‘ldi
2023 yil boshidan beri AQShda o‘qotar qurol bilan sodir etilgan ommaviy qotilliklar soni 38 tani tashkil etmoqda. Bu – statistika yuritila boshlangan 2006 yildan keyingi davrdagi eng yomon ko‘rsatkich. 2006-2023 yillarda jami 453 ta ommaviy qotillik ro‘y berib, ularda 2423 kishi qurbon bo‘lgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘qotar qurol yordamida sodir etilgan ommaviy qotilliklar soni yil boshidan buyon 38 taga yetdi. Bu – statistika yuritila boshlangan 2006 yildan keyingi davrdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bu antirekord 2022 yilda ham yangilanib, eng yuqori ko‘rsatkich 36 taga chiqqan edi.
AP, USA Today va Northeastern University tomonidan yuritiladigan statistikada “ommaviy qotillik” deganda qotildan tashqari to‘rt yoki undan ko‘proq insonlar otib o‘ldirilgan holatlar nazarda tutiladi.
Unga ko‘ra, 2006 yildan keyingi davrda AQShda jami 453 ta yoki yiliga o‘rtacha 24 ta ommaviy qotillik sodir etilgan. Ularda jami 2423 kishi halok bo‘lgan.
Washington Post'ning yozishicha, qurbonlarning 59 foizi qotilning oila a’zolari yoki tanishlari bo‘lgan bo‘lsa, halok bo‘lganlarning 28 foizi jinoyatchiga begona bo‘lgani tasdiqlangan. Shunga qaramay, aynan begonalarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq holatlar eng ko‘p shov-shuv bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, 2006 yildan buyon sodir etilgan ommaviy qotilliklarda 18 yoshga to‘lmagan 592 nafar bola va o‘smir halok bo‘lgan. Ulardan 12 foizi maktablarda ro‘y bergan fojialar qurboni bo‘lgan, 56 foizi esa o‘z oila a’zolari tomonidan o‘ldirilgan.
Nashr bu bilan aholi xonadonlarida ro‘y berayotgan, o‘z qarindoshlari yoki tanishlari tomonidan ommaviy o‘ldirilayotgan amerikaliklar soni yuqoriligi jamoatchilik e’tiboridan chetda qolayotgani, ko‘pchilik asosan jamoat joylarida sodir etilayotgan ommaviy o‘qqa tutish holatlarini eslab qolishini qayd etadi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024