Mahalliy ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho toshlarni O‘zbekistonga olib kirishda QQSdan ozod etilishi mumkin
Yangi qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan ta’minlashga, zargarlik buyumlari tannarxi pasayishiga hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga “Soliq kodeksining 483-moddasiga mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kiritildi.
Ushbu loyiha zargarlik sohasini mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining xomashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi doirasida Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishni nazarda tutilgan.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan ta’minlashga, zargarlik buyumlari tannarxining pasayishiga hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ushbu qonun loyihasi quyi palata majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilishi uchun tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
10:23 / 13.12.2024
Import qilishda QQSni o‘zaro hisobga olish tartibini qo‘llash kengaytirildi
12:20 / 15.10.2024
Belgiya O‘zbekistonda qimmatbaho toshlarni baholash ekspertlarini tayyorlaydi
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024