Jahon | 19:10 / 11.12.2023
9838
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya dengiz floti ikkita yangi atom suvosti kemasi bilan kuchaytirildi

«Bulava» qit’alararo ballistik raketalari bilan qurollangan kemalar yaqin o‘n yilliklarda Rossiya dengiz strategik yadroviy kuchlarining asosiga aylanishi kutilmoqda. 

Foto: Getty Images

Rossiya Harbiy-dengiz flotiga ikkita yangi atom suv osti kemasi - «Krasnoyarsk» va «Imperator Aleksandr III» qabul qilindi. 

Severodvinsk shahri, «Sevmash» zavodidagi tantanali tadbirda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi. Suvosti kemalarida Avliyo Andrey bayrog‘i ko‘tarildi. 

«Imperator Aleksandr III» Borey sinfidagi strategik raketa tashuvchilar turkumidagi yettinchi kema, «Krasnoyarsk» kreyseri esa Yasen toifasidagi ko‘p maqsadli yadro suvosti kemalari turkumidagi to‘rtinchi kema. «Yuriy Dolgorukiy», «Aleksandr Nevskiy», «Vladimir Monomax», «Knyaz Vladimir», «Knyaz Oleg» va «Generalissimus Suvorov» yadroviy kreyserlari va shu kundan boshlab «Imperator Aleksandr III» mamlakat xavfsizligini ishonchli himoya qiladi. Ularning har biri «Bulava» qit’alararo ballistik raketalari bilan qurollangan", dedi Putin tabrik so‘zida. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «Krasnoyarsk» atom suvosti kemasi Yasen-M loyihasining ko‘p maqsadli yadro suvosti kemalari lineykasida ikkinchi o‘rinda turadi. U suvosti kemalarining to‘rtinchi avlodiga tegishli. 

Ushbu suv osti kemalari «Oniks» va/yoki «Kalibr» qanotli raketalari bilan qurollanishi mumkin. Shuningdek, ularni «Tsirkon» gipertovushli raketalari bilan qurollantirish rejalari haqida xabar berilgan edi. 

«Imperator Aleksandr III» atom suvosti kemasi «Borey-A» loyihasining uchinchi kemasi bo‘lib, to‘rtinchi avlodga tegishli. Zamonaviy raketa va torpedo qurollari, navigatsiya, radiotexnika va gidroakustik qurollar bilan jihozlangan. U yuqori manyovr xususiyatlariga va akustik yashirinlikka ega. 

«Bulava» qit’alararo ballistik raketalari bilan qurollangan «Borey» va «Borey-A» loyihalaridagi to‘rtinchi avlod yadro suvosti kemalari yaqin o‘n yilliklarda Rossiya dengiz strategik yadroviy kuchlarining asosiga aylanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid