Bloger Emine Karamanova 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Sudning apellyatsiya instansiyasi unga chiqarilgan shu mazmundagi hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi 13 dekabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida ijtimoiy tarmoqlarda Emine Karamanova taxallusi ostida faoliyat yuritgan bloger Lemara Mirzaaxmedovaga nisbatan quyi instansiya sudining 7,5 yillik qamoq jazosi hukmini o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
47 yoshli bloger ayol Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 140-moddasi (haqorat) va 165-moddasi (tovlamachilik) bilan ayblangan.
Tergov organi tomonidan qo‘yilgan 167-modda (o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-modda (hujjatlarni qalbakilashtirish) bo‘yicha ayblov olib tashlangan.
Tovlamachilik epizodi bo‘yicha jabrlanuvchi Yangiyo‘l tumani hokimligi mutasaddisi ekani ta’kidlanmoqda.
Bloger jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.
Lemara Mirzaaxmedova Toshkent viloyati IIB tomonidan shu yilning mart oyida Jinoyat Kodeksining 139-, 140-, 165-, 167- va 228-moddasi bilan ayblanib, hibsga olingan edi. Qayd qilinishicha, uning rahbarligidagi korxona «hujjatlarni qalbakilashtirish orqali budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan».
Toshkent viloyati IIB Mirzaaxmedovaga ochilgan jinoyat ishi uning blogerlik faoliyatiga daxli yo‘qligini qo‘shimcha qilgan edi.
Mavzuga oid
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024