O‘zbekiston | 00:42 / 13.12.2023
18324
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tildan qaytdi va Uchtepa tumanidagi issiqlik markazini ko‘zdan kechirdi

Davlat rahbari ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning o‘zida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tildan qaytib, aholi yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini ko‘rish maqsadida 12 dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda bo‘ldi.

Qayd qilinishicha, dastlab, «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Uchtepa tumanidagi issiqlik markazi ko‘zdan kechirildi. Majmua qozonxonasi jami 700 Gkal quvvatga ega, mingdan ortiq ko‘p qavatli uy va 400 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga issiqlik energiyasi yetkazib beradi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Davlat rahbari shu yerda Toshkent shahri va Uchtepa tumani mutasaddilari bilan muloqot qildi. Mahallalardagi yangi «yettilik» tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning o‘zida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligini ta’kidladi.

Issiqlik markazlari va tarmoqlardagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etib borish, bino va xonadonlarda issiqlikni asrash dolzarb vazifa ekani qayd etildi.

Mavzuga oid