O‘zbekiston | 13:02 / 14.12.2023
4714
2 daqiqa o‘qiladi

O‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun choralar kuchaytirilmoqda

Hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun undiruvlar 10 baravarga oshirilmoqda. 

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining «O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun huquqiy ta’sir choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash uchun koeffitsiyent 5 baravarga oshirilib, quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda (bitta o‘simlik uchun):

yo‘qolib ketayotgan o‘simlik uchun – BHMning 10 baravari;
kamyob o‘simlik uchun – BHMning 4 baravari;
kamayayotgan o‘simlik uchun – BHMning 2,5 baravari.

Shuningdek, hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun undiruvlar 10 baravarga oshirilmoqda. Misol uchun, endilikda bitta qoplonni yo‘q qilganlik uchun O‘zbekiston fuqarolaridan BHMning 3000 baravari miqdorda, chet el fuqarolari va yuridik shaxslardan $400 000 miqdordagi summa undiriladi.

Mavzuga oid