O‘zbekiston | 10:34 / 14.12.2023
17023
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda elektrobus muzlama sabab yo‘l chetidagi ustunga borib urildi

Uchtepa tumanida Yutong rusumli elektrobus yo‘ldagi muzlamada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urildi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 09:15 larda «18-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 53-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.A (staji 7 yil) boshqaruvidagi elektrobus ishtirokida YTH qayd etildi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, u Uchtepa tumani, O‘rikzor mahallasi, Zarafshon ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, yo‘ldagi muzlama sababli boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi ustunga borib urilgan.  

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yutong rusumli elektrobus texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilyapti.

 

Mavzuga oid