O‘zbekiston | 11:34 / 18.12.2023
9078
2 daqiqa o‘qiladi

“Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib sharoit yaratib berganliklari oqibatida to‘yxonalardan biri qariyb 800 mln so‘mlik gazni noqonuniy yoqib yuborgan.

Prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahridagi to‘yxonalardan biri ko‘p miqdordagi gazni noqonuniy tarzda o‘g‘irlab ishlatgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilib sharoit yaratib berganliklari oqibatida, Samarqand shahridagi “S.N.” MChJ rahbari A.M. va “X.S.” MChJ jamiyatga qarashli to‘yxonadagi gaz jihozlarini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 512,4 ming metr kub, 768,6 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan “S.N.” MChJ rahbari A.M. va “X.S.” MChJ rahbarlariga Jinoyat kodeksining 169-moddasi, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslariga 205-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan yashirin sexlar aniqlangandi.

Mavzuga oid