O‘zbekiston | 08:13 / 19.12.2023
2269
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA parvozlar sonini bir necha barobar oshirishga kelishib oldi

Toshkent va Samarqand aeroportlari bilan bir qatorda, viloyatlardagi barcha xalqaro aeroportlardan BAAning Dubay, Abu-Dabi, Sharja, shuningdek, Ras al-Hayma va Fujayra shaharlariga ham parvozlar amalga oshiriladi.

Foto: Transport vazirligi

ICAN–2023 tadbiri doirasida O‘zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida havo qatnovlari hajmini oshirish bo‘yicha samarali kelishuvga erishildi.

Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda parvozlar geografiyasi hamda chastotasini bir necha barobarga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, Toshkent va Samarqand aeroportlari bilan bir qatorda, viloyatlardagi barcha xalqaro aeroportlardan BAAning Dubay, Abu-Dabi, Sharja, shuningdek, Ras al-Hayma va Fujayra shaharlariga ham parvozlar amalga oshiriladi.

Erishilgan kelishuvga ko‘ra, har ikki davlatlarning tayinlangan aviakompaniyalari:

Toshkent – Abu-Dabi, Samarqand – Abu-Dabi, Urganch – Abu-Dabi, Buxoro – Abu-Dabi, Namangan – Abu-Dabi, Farg‘ona – Abu-Dabi, Qarshi – Abu-Dabi, Termiz – Abu-Dabi, Nukus – Abu-Dabi yo‘nalishida haftasiga jami 41 ta chastotada;

Toshkent – Dubay, Samarqand – Dubay, Namangan – Dubay, Buxoro – Dubay, Navoiy – Dubay, Farg‘ona – Dubay, Nukus – Dubay yo‘nalishida haftasiga jami 35 ta chastotada;

Toshkent – Sharja, Namangan – Sharja, Samarqand – Sharja, Farg‘ona – Sharja, Qarshi – Sharja, Termiz – Sharja yo‘nalishida haftasiga jami 23 ta chastotada;

Toshkent – Ras al-Hayma, Samarqand – Ras al-Hayma yo‘nalishlarida haftasiga jami 6 ta chastotada;

Toshkent – Fujayra yo‘nalishida esa haftasiga 3 ta chastotada parvozlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid